Shanxay Hamkomlik Tashkilotining 20 yillik sammitida davlatimiz rahbari tomonidan bir qator strategik tashabbuslar ilgari surildi. Shu jumladan, mintaqadagi va global maydondagi jiddiy o‘zgarishlar davrida Tashkilot a’zolari uchun har taraflama manfaatli bo‘lgan tashqi savdo, transport logistika xizmatlari hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat xafvsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tashabbuslar yuqori e’tirof etildi.
Ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda ham global miqyosda strategik hamkorlik masalalari ko‘p tartibda eng oldi o‘rinlarda turibdi. Undan tashqari mintaqamizda Afg‘onistonda bo‘lib o‘tayotgan jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib turibmiz. Jahon savdo tashkiloti va boshqa yirik erkin iqtisodiy hududlardagi erkin savdo bo‘yicha qoidalar amal qilishi qiyinlashgan bir davrda jo‘g‘rofiy yaqinlik omili boshqa omillarga nisbatan ustuvor bo‘lib turibdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli tashabbuslarning ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilganiga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, Pokiston va Xitoy davlatlari, Markaziy Osiyo xususan, O‘zbekiston orqali Sharqiy Osiyodan Janubiy Yevropaga “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘li orqali 900 km.ga yaqin hamda Janubiy Osiyo mintaqasiga va biz uchun Hind okeaniga 295 km.ga qisqa bo‘lgan “Trasafg‘on” temir yo‘l loyihalari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shubhasiz ushbu yirik loyihalarning amaliy bosqichga o‘tishi, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirilishida muhim omil hisoblanadi.
Izoh qoldirish