O‘zbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi

O‘zbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi

Boshqirdiston Respublikasi Savdo va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qo‘mitasi raisi Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolandi. Bu haqda SSP matbuot xizmati xabar qilgan.

Tashrif doirasida Delegatsiya vakillari Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish korxonalari, intensiv bog‘lar va meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishtirilgan.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O‘zbekistonning “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi va Boshqirdistonning “Sentr Pitaniya” MChJ korxonalari o‘rtasida quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar