10 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vakil-vaziri Frank Riyester bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Fransiya delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan.
Delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2021−2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
Suhbat davomida ular siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilgan.
Fransiya tomoni 2022 yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida «Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» nomli ko‘rgazmani tashkillashtirishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. Mazkur tadbir ikki mamlakat madaniy hayotidagi yorqin voqeaga aylanishi qayd etildi.
Izoh qoldirish