Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil mart oyida 1042 birlikni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 4,2 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 11 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2023 yilning mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 4,2 foizga oshib, 1042 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 6,3 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga kamaygan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,6 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 14,7 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2023 yil mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda o‘tgan oyga (fevral) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (28,1%), Jizzax (16,3%), Surxondaryo (7,7%), Sirdaryo (6,8%), Xorazm (6,0%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,9%) o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).
Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 8 ta hududda kamaygan. Xususan, Namangan (- 7,6%), Toshkent (- 6,4%), Farg‘ona (- 6,4%) va Buxoro (- 4,2%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2023 yil mart oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 654,7 mingtani tashkil etdi va 2023 yilning fevral oyiga nisbatan 333,9 mingta tranzaksiyaga (6,3%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.
2023 yil mart oyida respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent (8,2%), Xorazm (8,0%), Farg‘ona (7,3%), Buxoro (6,9%) va Surxondaryo (6,5%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2023 yilning mart oyida IFIning birja komponenti 1,0657 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,6 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 8,6 foizga hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 4,6 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil mart oyida 7 173,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 10,4 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil mart oyida 0,9901 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham sezilarli darajada 10,0 foizga kamaygan.
2023 yil mart oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning fevral oyiga (520 596 birlik) nisbatan 7 924 taga kamayib, 512 672 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 32 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 429 031 tadan 417 216 tagacha kamaygan (pasayish 11 815 ta). Fermer xo‘jaliklari soni esa 87 989 tadan 91 912 tagacha (3 923 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 544 tani tashkil etib, 2023 yilning fevral oyiga nisbatan 32 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2023 yil mart oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8532 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning fevral oyiga nisbatan 14,7 foizga kamaygan. Joriy yilning mart oyida yuridik shaxslar tomonidan 215 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1042 | ↑1,0627 | ↑1,0657 | ↓0,9901 | ↓0,8532 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1281 | ↑1,0644 | ↑1,7100 | ↑1,0197 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1163 | ↑1,0593 | ↑1,2036 | ↑1,0035 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1077 | ↑1,0654 | ↑1,1761 | ↓0,9927 | ↓0,5000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1068 | ↑1,0210 | ↑1,2309 | ↓0,9912 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1060 | ↑1,0805 | ↑1,1580 | ↓0,9920 | ↓0,0000 |
Toshkent shahri | ↑1039 | ↑1,0817 | ↑1,0473 | ↓0,9742 | ↓0,9027 |
Navoiy viloyati | ↓988 | ↑1,0244 | ↑1,0380 | ↓0,9725 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓984 | ↑1,0234 | ↑1,0015 | ↓0,9953 | ↓0,2000 |
Samarqand viloyati | ↓973 | ↑1,0321 | ↓0,8899 | ↑1,0124 | ↑1,1111 |
Andijon viloyati | ↓970 | ↓0,9760 | ↓0,9474 | ↓0,9169 | ↑1,6000 |
Buxoro viloyati | ↓958 | ↑1,0688 | ↓0,9504 | ↓0,9282 | ↓0,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↓936 | ↑1,0726 | ↓0,7985 | ↑1,0361 | ↓0,4545 |
Toshkent viloyati | ↓936 | ↓0,9924 | ↓0,7994 | ↑1,0192 | ↑1,5000 |
Namangan viloyati | ↓924 | ↑1,0452 | ↓0,8295 | ↓0,9588 | ↓0,5000 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1110 | ↑1.1287 | ↑1.2429 | ↓0.9001 | ↓0.6515 |
Andijon viloyati | ↑1640 | ↑1,8592 | ↑2,0000 | ↓0,8069 | ↓0,4000 |
Jizzax viloyati | ↑1355 | ↓0,9123 | ↑2,0000 | ↓0,8648 | ↑1,5000 |
Namangan viloyati | ↑1291 | ↓0,8296 | ↑2,0000 | ↓0,8669 | ↓0,3333 |
Sirdaryo viloyati | ↑1246 | ↓0,7324 | ↑2,0000 | ↓0,8603 | ↓0,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1158 | ↓0,8725 | ↑1,6268 | ↓0,9190 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1122 | ↓0,9875 | ↑1,1611 | ↑1,0097 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1088 | ↓0,7406 | ↑1,5089 | ↓0,8863 | ↑1,0000 |
Toshkent shahri | ↑1040 | ↑1,2695 | ↓0,9166 | ↓0,9196 | ↓0,8978 |
Xorazm viloyati | ↑1011 | ↓0,8519 | ↑1,2523 | ↓0,9644 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↓999 | ↓0,9278 | ↑1,1605 | ↓0,9081 | ↓0,3448 |
Toshkent viloyati | ↓968 | ↓0,8500 | ↑1,1697 | ↓0,8646 | ↓0,4286 |
Buxoro viloyati | ↓926 | ↓0,8709 | ↑1,0555 | ↓0,9031 | ↓0,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↓909 | ↓0,8516 | ↑1,0266 | ↓0,8838 | ↓0,1852 |
Navoiy viloyati | ↓874 | ↓0,8565 | ↓0,9040 | ↓0,9653 | ↓0,0000 |
Izoh qoldirish