O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 13 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari poytaxtimizdan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 71 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda, ularning soni shu kungacha 357 nafarni tashkil etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar