O‘zbekistonda mo‘’tadil ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi to‘rtinchi oy ketma-ket o‘smoqda

O‘zbekistonda mo‘’tadil ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi to‘rtinchi oy ketma-ket o‘smoqda

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2024 yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,2 foizga mo‘’tadil oshib, 1022 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,6 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 3,7 foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,5 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 29,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahrida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2024 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 8 ta hududda o‘tgan oyga (aprel) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Toshkent shahri (52,5%), Navoiy (44,2%), Samarqand (7,2%), Buxoro (6,1%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks 6 ta hududda pasaygan. Xususan, Jizzax (- 10,0%), Surxondaryo (- 6,7%) va Xorazm (- 6,7%) viloyatlarida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2024 yil may oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 109,2 mingtani tashkil etdi va 2024 yilning aprel oyiga nisbatan 374,7 ming tranzaksiyaga (5,6%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 10 ta hududda oshgan.

2024 yil may oyida respublikaning 10 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Surxondaryo (7,6%), Namangan (5,4%), Qashqadaryo (5,2%), Jizzax (4,7%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (6,7%) sezilarli o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2024 yilning may oyida IFIning birja komponenti 1,0050 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 6,2 foizga oshganligi bilan izohlanadi. Biroq, bitimlar soni 5,2 foizga kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil may oyida 6 745,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 3,8 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2024 yil may oyida 0,9629 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 3,7 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 3,8 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan.

2024 yil may oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning may oyiga (496 302 birlik) nisbatan 7 236 birlikka kamayib, 489 066 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 429 taga kamaygan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 400 491 tadan 395 364 tagacha kamaygan (kamayish 5 127 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 547 tadan 89 867 tagacha (1 680 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 835 tani tashkil etib, 2024 yilning may oyiga nisbatan 429 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2024 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,2983 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning may oyiga nisbatan 29,8 foizga oshgan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 383 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1022

1,0556

1,0050

0,9629

1,2983

Toshkent shahri

1525

1,0668

2,0000

1,4363

1,1953

Navoiy viloyati

1442

1,0448

2,0000

0,9813

2,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1081

0,9290

1,1344

0,9623

3,0000

Samarqand viloyati

1072

1,0299

1,0552

0,9591

2,6250

Buxoro viloyati

1061

0,8933

1,1632

0,9695

2,3333

Farg‘ona viloyati

1053

1,0210

1,0275

0,9645

2,4286

Sirdaryo viloyati

1009

0,8003

1,2257

0,9480

1,0000

Namangan viloyati

1004

1,0537

0,9401

0,9817

1,4545

Toshkent viloyati

983

1,0206

0,9385

0,9481

1,4000

Qashqadaryo viloyati

974

1,0522

0,9364

0,9621

0,6667

Andijon viloyati

971

1,0217

0,8435

0,9485

2,2500

Xorazm viloyati

953

0,9856

0,9394

0,9885

0,5000

Surxondaryo viloyati

933

1,0755

0,8706

0,9474

0,0000

Jizzax viloyati

900

1,0474

0,7936

0,9834

0,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1066

1,2577

0,8956

0,9617

1,8592

Toshkent shahri

1404

1,5677

1,0204

1,7544

2,0560

Sirdaryo viloyati

1331

0,6881

2,0000

0,9116

3,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1147

0,5097

1,6468

0,9977

3,0000

Xorazm viloyati

1133

0,5029

1,8154

1,0097

0,2857

Farg‘ona viloyati

1113

0,9786

1,2989

0,9305

1,5455

Qashqadaryo viloyati

1099

0,6160

1,7254

0,8215

0,4000

Navoiy viloyati

1031

0,6246

1,3602

0,9453

2,0000

Buxoro viloyati

1006

0,5673

1,3737

0,9835

1,4000

Namangan viloyati

1000

0,6196

1,2862

0,9790

1,7778

Andijon viloyati

985

0,8133

1,1079

0,9634

1,5000

Samarqand viloyati

966

0,6625

1,2103

0,9309

1,5000

Jizzax viloyati

948

0,5992

1,3097

0,9736

0,0000

Toshkent viloyati

886

0,6895

0,8481

0,9457

3,2308

Surxondaryo viloyati

822

0,4251

1,1894

0,8963

0,0000

Ruslan Abdullayeva
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar