2024 yil dekabr oyida IFI 1029 birlikni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 2,9 foizga (grafik №1) hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga sezilarli oshgan.
Grafik №1
2024 yil dekabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga oshdi
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2024 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga oshib, 1029 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,7 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,5 foizga ortgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 6,4 foizga kamaygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 7,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2024 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jumladan, Qashqadaryo (58,8 %), Buxoro (45,6 %), Sirdaryo (44,3 %), Namangan (44,2 %) viloyatlari va Toshkent (41,6 %) shaxrida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).
Grafik №2
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2024 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 370,2 ming tani tashkil etdi va 2024 yilning noyabr oyiga nisbatan 456,4 ming tranzaksiyaga (7,7 %) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan barcha hududda oshgan.
2024 yil dekabr oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qashqadaryo (54 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (26,4 %), Samarqand (23,5 %) va Sirdaryo (20,6 %) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2024 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 1,0350 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 3,5 foizga oshganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 10,6 foizga oshganligi va tuzilgan bitimlar soni 3,6 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil dekabr oyida 6 277,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,0 foizga kamaygan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2024 yil dekabr oyida 0,9363 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 6,4 foizga kamaygan. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan.
2024 yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (494 984 birlik) nisbatan 41 439 birlikka kamayib, 453 545 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 99 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 400 870 tadan 358 116 taga kamaygan (kamayish 42 754 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 338 tadan 91 752 tagacha (1 442 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 677 tani tashkil etib, 2024 yilning noyabr oyiga nisbatan 99 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2024 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,0750 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning noyabr oyiga nisbatan 7,5 foizga ortgan. 2024 yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 516 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1029 | ↑1,0772 | ↑1,0350 | ↓0,9363 | ↑1,0750 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1588 | ↑1,5396 | ↑2,0000 | ↓0,9378 | ↑1,4286 |
Buxoro viloyati | ↑1456 | ↑1,1975 | ↑2,0000 | ↓0,9151 | ↑1,2000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1443 | ↑1,2061 | ↑2,0000 | ↓0,9264 | ↓0,5714 |
Namangan viloyati | ↑1442 | ↑1,1557 | ↑2,0000 | ↓0,9313 | ↑1,0909 |
Andijon viloyati | ↑1437 | ↑1,1546 | ↑2,0000 | ↓0,9351 | ↓0,9091 |
Jizzax viloyati | ↑1433 | ↑1,0988 | ↑1,9528 | ↓0,9070 | ↑2,2500 |
Toshkent shahri | ↑1416 | ↑1,0529 | ↑2,0000 | ↓0,9647 | ↑1,1630 |
Navoiy viloyati | ↑1406 | ↑1,0995 | ↑2,0000 | ↓0,8947 | ↓0,8000 |
Xorazm viloyati | ↑1352 | ↑1,1413 | ↑1,8433 | ↓0,9006 | ↓0,5652 |
Toshkent viloyati | ↑1286 | ↑1,0577 | ↑1,6868 | ↓0,9582 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1208 | ↑1,1262 | ↑1,5203 | ↓0,9348 | ↓0,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1144 | ↑1,2639 | ↑1,1671 | ↓0,8962 | ↑1,2500 |
Samarqand viloyati | ↑1133 | ↑1,2350 | ↑1,1741 | ↓0,9141 | ↑1,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1070 | ↑1,0995 | ↑1,1393 | ↓0,9280 | ↓0,8333 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1124 | ↓0,8900 | ↑1,3316 | ↓0,9217 | ↑2,5672 |
Toshkent shahri | ↑1840 | ↑1,6378 | ↑2,0000 | ↑1,8147 | ↑2,2448 |
Jizzax viloyati | ↑1486 | ↓0,6378 | ↑2,0000 | ↓0,8766 | ↑9,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1479 | ↑1,1572 | ↑2,0000 | ↓0,8644 | ↑2,7778 |
Toshkent viloyati | ↑1470 | ↓0,7865 | ↑2,0000 | ↓0,9475 | ↑6,2222 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1450 | ↓0,8779 | ↑2,0000 | ↓0,8740 | ↑5,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1448 | ↑1,1793 | ↑1,7621 | ↓0,8187 | ↑5,0000 |
Andijon viloyati | ↑1434 | ↑1,0595 | ↑2,0000 | ↓0,9239 | ↑2,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1372 | ↓0,7332 | ↑2,0000 | ↓0,8881 | ↑4,0000 |
Namangan viloyati | ↑1364 | ↓0,6843 | ↑2,0000 | ↓0,9316 | ↑4,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1329 | ↓0,7792 | ↑2,0000 | ↓0,8939 | ↑2,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1304 | ↓0,6446 | ↑1,9182 | ↓0,8699 | ↑4,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1101 | ↓0,8487 | ↑1,3651 | ↓0,9122 | ↑1,9167 |
Xorazm viloyati | ↓945 | ↓0,6559 | ↑1,0969 | ↓0,9016 | ↑2,6000 |
Surxondaryo viloyati | ↓888 | ↓0,4944 | ↑1,2878 | ↓0,9062 | ↓0,0000 |
Islombek Saparmatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish