O‘zbekistonda qancha metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda qancha metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarildi?

O‘zbekiston Respublikasida 1 noyabr holatiga ko‘ra 974 ta metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida 63,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi. Tarmoqning 2019 yil yanvar–oktyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 % ni tashkil etgan.

Xususan:

  • Mis sim ishlab chiqarish 102,1 %;
  • Alyuminiy sim ishlab chiqarish 104,8%;
  • Po‘latdan tashqi diametri 406,4 mm dan katta bo‘lmagan, dumaloq kesimli, payvandlangan, neft va gaz quvurlarini ishlab chiqarish 124,9% ga oshgan.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,5 % (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,8 % (131 ta), hamda Toshkent shahri 5,8 % (281 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar