O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan yordam keldi

O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan yordam keldi

27 may kuni Uzbekistan Airways charter reysi bilan Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta ko‘p funksionalli tibbiyot karavotlaridan iborat yordam Janubiy Koreyaning Myung Sung Placon kompaniyasi ko‘magida shakllantirildi.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi mamlakat uchun insonparvarlik yordamini jalb qilishda davom etmoqda. Birinchi navbatda — respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan portativ rentgen uskunalari va boshqa jihozlar.

126 ming dollar qiymatidagi 15 tonnalik qolgan yuk navbatdagi charter reys tashkil etilishi bilan jo‘natiladi.

Agentlikning qayd etishicha, 23 may kuni O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Suwan TPL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta tibbiyot karavotidan iborat yordam olib kelingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar