O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari 217 mln. dollarga kamaydi

O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari 217 mln. dollarga kamaydi

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln. doll. yoki 8 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln. dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar