20, 21 va 22 iyul – seshanba, chorshanba va payshanba kunlari ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilangan. Haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi.
Prezident farmoniga asosan, 20–22 iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.
Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi.
Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil:
17 iyul (shanba) – ish kuni
18 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
19 iyul (dushanba) – ish kuni
20 iyul (seshanba) – dam olish kuni
21 iyul (chorshanba) – dam olish kuni
22 iyul (payshanba) – dam olish kuni
23 iyul (juma) – ish kuni
24 iyul (shanba) – ish kuni
25 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.
Izoh qoldirish