Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma’lumotlar portali davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinadi.
2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rasmiy veb-saytida va Portalda Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:
- davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;
- murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi.
Farmonga ko‘ra, “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2021 yil 1 dekabrdan:
- yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;
- quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
- Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;
- taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.
Izoh qoldirish