O‘zbekistonning buyoq eksporti o‘tgan yilgidan sezilarli oshdi

O‘zbekistonning buyoq eksporti o‘tgan yilgidan sezilarli oshdi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 mln. 348 ming AQSh dollari qiymatidagi 2674 tonnadan ortiq bo‘yoq eksporti bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 772 tonna ko‘p bo‘yoq ekport qilingan bo‘lib 41 foizga o‘sishga erishildi.

Eksport qilingan bo‘yoq natijasida yurtimizga valyuta tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 321 ming dollarga ko‘payib, 31 foiz o‘sishga erishildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘yoqning 36 foizi Turkmanistonga, 30 foizi Qozog‘istonga va 21 foizi Qirg‘izistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda bo‘yoqning eksporti Tojikistonga 2 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan AQSh, Rossiya va Afg‘onistonga bo‘yoq eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar