«O‘ztransgaz» aholiga murojaat yo‘lladi

«O‘ztransgaz» aholiga murojaat yo‘lladi

«Hududgazta’minot» taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, smart dasturlar orqali ba’zi abonentlarning bir oyda 7 ming kub metrgacha gaz iste’mol qilishi aniqlangan. Vaholanki, ushbu uylarni gazlashtirish texnik loyihalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1000 metr kubdan oshmasligi kerak. Bu haqda AOKAda tashkil qilingan «O‘ztransgaz» AJ axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova ishtirokida o‘tgan brifingda ma’lum qilingan.

Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazning ortiqcha iste’mol qilinishi bilan bog‘liq shu kabi ayrim holatlar qo‘shni xonadon, yaqin atrofdagi mahallalar va umuman tumanlarning tabiiy gaz bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Shuningdek, qator tumanlarda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari tomonidan parrandachilik xonalari, issiqxonalarni isitish, yashirin ohak pechlarini yoqish yoki o‘sha manzillardagi xonadonning gazlashtirish loyihasiga kiritilmagan qo‘shimcha gaz uskunalaridan foydalanilishi oqibatida tabiiy gazni me’yordan ortiq sarflash holatlari aniqlangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar