Pandemiya sabab 2020 yilda tadbirkorlarga ajratiladigan kredit miqdori 7 trln. so‘mga kamaygan

Pandemiya sabab 2020 yilda tadbirkorlarga ajratiladigan kredit miqdori 7 trln. so‘mga kamaygan

Pandemiya sabab 2020 yilda tadbirkorlarga ajratiladigan kredit miqdori 7 mlrd. so‘mga kamaygan. Bu haqda AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Olim Bolgayev ma’lum qildi.

Tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha moliyalashtirish manbalaridan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 103,8 trl. so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Pandemiya davri ta’siri sabab, 2019 yilga nisbatan 2020 yilda ajratilgan kreditlar miqdori 7 trln. so‘mga kamaydi. 2020 yilda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan kredit miqdori 48,4 trln. so‘mni tashkil qildi.

2020 yil oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 6,1 trln. so‘m miqdorida, 214 mingdan ziyod loyihaga kredit ajratilgan.

Xususan, "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 408 trln. so‘m miqdorida kredit ajratilgan bo‘lsa, hunarmandlar, dehqon, fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalariga mahalliy hokimliklar huzuridagi bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalari hisobidan 786 milliard so‘m miqdorida, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi hisobidan 428 mlrd. so‘m kredit ajratilgan. Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash fondi hisobidan esa qariyb 100 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar