Payariq tumanining telekommunikatsiya tarmoqlari holati

Payariq tumanining telekommunikatsiya tarmoqlari holati

Jumladan, Payariq tumani telekommunikatsiya tarmog‘i 47 030 ta xonadonlar va 5 347 ta abonentlarga xizmatlar ko‘rsatadi. Tarmoqda avtomatik telefon stansiyasi ATS soni 2 tani, optik liniya tarmog‘i (OLT) soni 10 tani, HUB yoki SWITCH kirish va chiqishga ega bo‘lgan kommutator qurilmalari soni 78 tani, mavjud optik tolali kabellar uzunligi 668 km ni tashkil etadi.

Tumanda gigabit passiv optik tarmog‘i portali soni 26 624 ta bo‘lib, ulardan foydalanuvchilar sig‘imi 5 190 ta (19,5%)ni tashkil etadi.

Shuningdek, abonent manziligacha o‘tkaziladigan optik tolali kabellarga xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar (FTTx) soni 73 ta va unda mavjud portallar soni 1 355 tani tashkil etib, ushbu uskunalardan atiga 600 ta yoki 44,3% abonentlar foydalanib kelmoqda.

Tumanda Multi-Service Access Node (MSAN) - multiservis abonent kirish imkoniyati platformasi soni 7 tani va Digital subscriber line access multiplexer (DSLAM) - raqamli abonent liniyasi kirish multiplekseri tarmoqli qurilmalari soni 2 tani tashkil etadi. Shu bilan birga, Digital Subscriber Line (xDSL) - raqamli abonent liniyalari soni 9 tani va unga xizmat ko‘rsatuvchi portal soni 1 343 tani bo‘lib, ulardan foydalanish sig‘imi 893 tani yoki foydalanish darajasi 66,5%ni tashkil etadi.

Umumiy hisobda, Payariq tumanida jami telekommunikatsiya portallari soni 29 322 ta mavjud bo‘lib, ulardan abonentlar tomonidan foydalanish sig‘imi 6683 ta yoki foydalanish darajasi 22,8%ni tashkil etadi va viloyat ko‘rsatkichidan past hisoblanadi.

Samarqand viloyati bo‘yicha jami telekommunikatsiya tarmog‘i portallari soni 595 024 tani tashkil etib, ulardan 196 995 ta (33,1%) abonentlar tomonidan foydalanilib kelinmoqda. Viloyat bo‘yicha 750 557 ta xonadonlar tomonidan telekommunikatsiya qurilmalaridan foydalanish darajasi 33,1%ni tashkil etadi.

G‘olibjon Tursunqulov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar