“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-sonli) Farmoni imzolandi. Farmon ilovasiga ko‘ra, fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari belgilandi.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali dramatik, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik ishlari, tasviriy san’at asarlari yaratilgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirish uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari, ushbu pul O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan uning eng yuqori stavkalari belgilandi. Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari ko‘rsatilgan.

Hujjat matnidan kinofilmlar ijodkorlariga haq to‘lashning ham eng kam stavkalari belgilangan bo‘lib, batafsil quyidagi havola orqali tanishish
mumkin. Ma’lumot uchun, hujjat 2019 yil 14 dekabr’ sanasidan e’tiboran kuchga kirgan.
Manba: O‘zA
Izoh qoldirish