Prezident Xalq qabulxonasi Orolbo‘yida “mahalla yettiligi” uchun seminarlar tashkil etmoqda

Prezident Xalq qabulxonasi Orolbo‘yida “mahalla yettiligi” uchun seminarlar tashkil etmoqda

Orolbo‘yidagi 16 ta tuman-shahar sektorlari rahbarlari va 400 dan ziyod mahalla “yettilik”lari ishtirok etgan seminarlardan asosiy maqsad – aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, sektorlar rahbarlari va “mahalla yettilik”lari faoliyati samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Murojaatlar bilan ishlash, ariza-shikoyatlarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va hal qilish seminarlarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning yarmida Orolbo‘yi aholisidan 31 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning qariyb 20 mingdan ziyodi qanoatlantirilgan.

Murojaatlarning katta qismi moddiy yordam ajratish masalasida ekani ham aholi banligini ta’minlash, daromadini oshirishni taqozo etadi. Shu bois ham mazkur seminarlar Sayxunobod, Uychi, G‘ijduvon tajribalari asosida hududlarni sanoatlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, kam daromadli xonadonlarga 7 xil loyiha paketlarini taqdim qilish, “mijozbay” ishlash mexanizmini joriy etish orqali banklar faoliyatini jonlantirish, “mahalla byudjeti”ni shakllantirib, samarali boshqarish, sektor rahbarlari, “mahalla yettilik”lari faoliyatini samarali tashkil etish kabi mavzularda kechdi.

Nazariy mashg‘ulotlar amaliyot bilan uyg‘un olib borildi. Deylik, Taxtako‘pirning “Dovqara”, Xo‘jaylidagi “Kun nuri”, Beruniy tumanining “Bunyodkor”, Sarkop kabi mahallalaridagi muloqotlarda mazkur hududlardagi ariza-shikoyatlarga sabab bo‘layotgan masalalar joyida aniqlanib, sektorlar rahbarlari va “mahalla yettilik”lari bilan birga ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi o‘quv-amaliy seminarlar boshqa viloyatlarda ham tashkil qilindi. Ularda jami 51 tuman-shahar sektorlari rahbarlari va 1 ming 960 ta “mahalla yettilik”lari qamrab olindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar