Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oyidagi kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ko‘rsatkichlari

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oyidagi kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ko‘rsatkichlari

2022 yilning 1-yarim yillik holatiga ko‘ra, viloyat miqyosida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 65,5%ni tashkil qilgan holda, har 1000 nafar aholiga 10 birlik (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 3,9 birlik yuqori)ni tashkil qilgan.

Jumladan, tahlil qilinayotgan davrda 34 527 ta kichik korxona va mikrofirmalar (KKM) faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 5 057 tasi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 77,8%, respublikadagi ulushi 10,2%) yangi tashkil qilingan kichik korxona va mikrofirmalardir.

1 iyul holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan KKMlar soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qarshi sh. (6499 ta), Koson (2828 ta), Qarshi (2501 ta), Qamashi (2470 ta), Kitob (2456 ta), Yakkabog‘ (2337 ta) tumanlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

Chiroqchi (1977 ta), Shahrisabz sh. (1849 ta), G‘uzor (1836 ta), Kasbi (1635 ta), Dehqonobod (1576 ta), Shahrisabz (1562 ta), Nishon (1519 ta), Mirishkor (1402 ta), Muborak (1140 ta), Ko‘kdala (940 ta) tumanlarida faoliyat yuritayotgan KKMlar nisbatan past birlikni tashkil qilgan.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdo sohasida - 33,2%, sanoat15%, qishloq xo‘jaligi21,4%, qurilish9,8%, yashash va ovqatlanish xizmati5,7%, tashish va saqlash - 2,9%, axborot va aloqa1,3%, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar2% va boshqa faoliyat turlari8,7%ni tashkil etgan.

2022 yilning 2-choragida o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi savdoda64,1%ni, xizmatlar sohasi56,9%, sanoat54,9%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi qurilish sohasida39,8%, sanoat37,7%ni tashkil etgan.

Xususan, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 4 973 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 68,1%ini tashkil qilgan va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8%ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Qarshi shahri (935,1 mlrd.so‘m), Kitob (422,2 mlrd.so‘m), Koson (413,4 mlrd.so‘m), Qamashi (372,5 mlrd.so‘m), Qarshi (347 mlrd.so‘m) va Yakkabog‘ (300,9 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida tumanlar kesimida yangi tashkil qilingan korxonalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Qarshi sh. – 13,3%, Koson7,6%, Chiroqchi7,6%, Dehqonobod6,9%, Yakkabog‘ 6,8%, Qarshi6,6% tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, viloyatda har 1000 nafar aholiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichini olib qaraydigan bo‘lsak, eng yuqori ko‘rsatkichlar Qarshi shahri - 22,7 birlik, Shahrisabz shahri – 12,9, Muborak – 12,5, Mirishkor – 11,2, Dehqonobod – 10,2 birlik tumanlarida kuzatilgan.

Viloyatning qolgan hududlari, Qarshi – 9,5 birlik, Nishon – 9,5, Koson – 9,4, Kitob – 9, Qamashi – 8,7, Yakkkabog‘ – 8,6, G‘uzor – 8,6, Kasbi – 8, Chiroqchi – 7,6, Shahrisabz – 6,8 tumanlarida har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik tadbirkorlik sub’yektlari 10 birlikdan past ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar