Zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari orasida xizmatlar sohasi ustunlik qiladi. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi aholining hududiy va ijtimoiy harakatchanligi, yangi xo‘jalik hududlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligi va moddiy mahsulotlar iste’molini oshirishni ta’minlaydi.
Joriy yilning mos davrida viloyat miqyosida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 11 466,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 114%ga oshgan. Xizmatlar xajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 4,5%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 6-o‘rinni egallagan.
2022 yil yanvar-sentyabr oylarida jami xizmatlar tarkibida savdo (32%), transport (21,4%) va moliya (17,3%) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash (1,2%), me’morchilik (1,3%), ko‘chmas mulk (2,5%), ijara va lizing (2,5%), yashash va ovqatlanish (2,9%), va shaxsiy xizmatlar (3,4%), kompyuter, maishiy tovarlarni ta’mirlash (3,4%), ta’lim (3,7%), axborot va aloqa (4,8%) xizmatlarining ulushi past bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish sur’ati ta’lim (125,9%), moliya (124,2%), axborot va aloqa (123,5%) xizmatlari sohalarida kuzatilgan.
Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining chorak qismi (25,8%) Qarshi shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Kasbi (4,2%), Nishon (4,1%), Chiroqchi (3,1%), Dehqonobod (3%), Ko‘kdala (1,2%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi nisbatan past bo‘lgan.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (%da)
Xususan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Muborak (120,9%), Koson (118,8%), Qarshi shahri(118,7%), G‘uzor (117,2%) tumanlarida kuzatilgan.
Xizmatlar sohasi bo‘yicha viloyatning barcha tuman (shahar)larida o‘sish sur’atlari ta’minlanganiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar xajmi bo‘yicha Respublika hududlarida orasida viloyat ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar xajmi 3338,4 ming so‘m (Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,1 baravar kam) bo‘lib, hududlar orasida 13-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi bo‘yicha birgina Qarshi shahri (3,1 baravar yuqori) va Muborak (2,4 baravar) tumanlari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ko‘rsatkichga erishgan.
Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning ulushi 67,4%ni, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar ulushi esa 59,4%ni tashkil qilgan.
Avtotransportning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, viloyat miqyosida jami tashilgan yuklar hajmi 31 684,3 ming tonnani tashkil qilgan. Shuningdek, tashilgan yo‘lovchilar soni 236 048,3 ming nafarni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish