Qashqadaryo viloyatining 2023 yil 1-choragida demografiya va mehnat holati ko‘rsatkichlari

Qashqadaryo viloyatining 2023 yil 1-choragida demografiya va mehnat holati ko‘rsatkichlari

2023 yil yanvar-mart yakunlari holatiga ko‘ra viloyatda yashovchi doimiy aholi soni 3499,1 ming nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 0,5%ga ko‘paygan. Aholining 42,8%i shaharlarda, 57,2% qishloqlarda istiqomat qilib kelmoqda. Jumladan, viloyat aholisining 50,7% - erkaklar, 49,3% - ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aholining 56,1%i – mehnatga layoqatli yoshdagilar, 34,2% - mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 9,7% - mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni solishtirilganda yuqori ko‘rsatkich va o‘sish sur’ati Koson (306,3 ming nafar), Qarshi shahri (291,0 ming nafar) va Qamashi (288,2 ming nafar) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tahlil qilinayotgan davrda viloyatda tug‘ilganlar soni 22,3 ming nafar bo‘lib, shundan 52,4% - o‘g‘il bolalar, 47,6% - qiz bolalarni tashkil etgan. Shu bilan birga vafot etganlar 3,8 ming nafar bo‘lib, 42,4%i – qon aylanish tizimi kasalliklari, 19,5% - nafas olish a’zolari kasalligi, 6,1% - o‘simta, 32% - baxtsiz hodisa va boshqa turli sabablar bilan vafot etgan.

Bundan tashqari viloyatda nikoh qurgan oilalar – 5550 ta, nikohdan ajrimlar – 0,9 ming, ko‘chib kelganlar – 2,2 ming, ko‘chib ketganlar – 3,9 ming nafarni tashkil etgan. Nikohdan ajralishlarning 65,3% - farzandsiz, 17,4% - 2 va undan ortiq, 17,3% - bitta farzand bilan ajrashganlar tashkil qilgan.

Ish haqi. Tahlil qilinayotgan davrda viloyatdagi o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqi 3092,7 ming so‘m (115,1% o‘sish)ni tashkil qilgan. Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining yuqori ko‘rsatkichi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlari (7998,5 ming so‘m) hamda axborot va aloqa (6927,7 ming so‘m) sohalari hissasiga to‘g‘ri keladi

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar