2023 yil yanvar-mart holatiga ko‘ra viloyatning tashqi savdo aylanmasi $128,6 mlnni tashkil qilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4%ga kamaydi. Tashqi savdoda eksportning ulushi 66,7% (o‘tgan yilga nisbatan 124,4% o‘sish)ni, import esa 33,3% (34,7% kamayish)ni tashkil etgan.
Qashqadaryo viloyati jahonning 55 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi Turkiya (23,5%), Rossiya (16,2%), Xitoy (10,2%), BAA (7,4%), Qozog‘iston (6,6%), Polsha (4,5%), Pokiston (3,9%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdo aylanmasini tuman (shahar)lar kesimida solishtirilganda eng yuqori ulush Kasbi tumani (umumiy savdo aylanmasining 22,7%i), eng past ulush esa Shahrisabz shahri (1,2%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida viloyatdagi eksportyorlar soni 120 tani tashkil qilib, ular tomonidan $85776,5 ming dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari – 70,5%, oziq-ovqat mahsulotlari – 14,8%, mineral yoqilg‘i va shunga o‘xshash materiallar – 10,9%, tayyor buyumlar – 2,4%, xizmatlar – 1,3%, nooziq-ovqat xom-ashyolar – 1,2%ni tashkil etgan.
Tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Turkiya (29,6%), Rossiya (17,5%), BAA (11,0%) davlatlari asosiy yetakchi hamkor davlatlar bo‘lgan.
Import. Tahlil qilinayotgan davrda import hajmi $42808,5 mingni tashkil qilgan. Import tarkibida sanoat tovarlari – 50,3%, kimyoviy vositalar – 13,3%, oziq-ovqat mahsulotlari – 12,7%, mashina va transport asbob-uskunalari – 11,5%, tayyor buyumlar – 3,6%ni tashkil qilgan.
Tovarlar va xizmatlar importi bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar Xitoy (26,0%), Qozog‘iston (14,1%), Rossiya (13,7%), Turkiya (11,2%), davlatlari hisoblanadi.
Izoh qoldirish