Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmdagi maktablarda keytering tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmdagi maktablarda keytering tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (472-son, 25.08.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga byudjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etilgan.

Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro‘yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etish uchun Nukus shahriga jo‘nab ketdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar