Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2023 yil I chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 804,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga kamaygan. Hududning sanoat mahsulotlari bo‘yicha respublikadagi ulushi 2,9%ni (12 o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 1,9 mln. so‘mni (9-o‘rin), o‘sish suratlari 85,5%ni tashkil etdi.

Nukus. sh (5,2 mln. so‘m) va Taxiatosh (7,0 mln. so‘m), Qo‘ng‘irot (2,0 mln. so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori hamda Bo‘zatov (0,3 mln. so‘m), Sho‘manoy (0,4 mln. so‘m) va Nukus (0,4 mln. so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Nukus shahri (Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmining 46,2%), Taxiatosh (14,1%), Qo‘ng‘irot (7,1%), To‘rtko‘l (5,4%), Amudaryo (4,5%), Beruniy (4,3%) va Ellikqal’a (3,6%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 26,7%ni tashkil etdi va 2022 yilga I chorakga nisbatan 6,1 punktga kamaydi.

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 758,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 19,9% ni tashkil etdi.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 85,2%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -13,4%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,5%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,9%ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 53,4%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 20,6%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 17,0% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 9,0%ni tashkil etgan.

2023 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarish sanoatida 5,0 ming tonna kalava ip (2022 yilning mos davriga nisbatan 39,4 % ga), 2,6 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i (27,2 %), 11,8 ming tonna paxta chigiti (9,4 %), 1,1 ming tonna tozalangan guruch (5,6 %), 17,3 ming tonna paxta tolasi (3,4 %) ishlab chiqarilib, yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi. Shuningdek, 36,6 ming tonna portlandsement (51,6 %), 18,4 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni (43,6 %), 879,1 ming litr aroq (5,2 %), ishlab chiqarilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 603,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,8%ni, uning jami sanoatdagi ulushi 15,9%ni tashkil etdi.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 333 taga (shundan 3 301 tasi kichik biznes sub’yektlari) yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 14,4%ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 10 ta loyiha bo‘yicha 68,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 5,9 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Saliy Ilyasov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar