Infografika: 2030-2035 yy. amalga oshiriladigan vazifalar

Infografika: 2030-2035 yy. amalga oshiriladigan vazifalar

Yaqin yillarda mamlakat iqtisodiyotni chuqur yangilashning yangi bosqichiga o‘tadi. Bu bosqich tarmoqlarni kompleks yangilash, investitsiyalarni keng jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni tezkor joriy etishni nazarda tutadi.

Ta’kidlanishicha, o‘zgarishlarning asosiy drayveri yaqin besh yilga mo‘ljallangan yirik investitsiya dasturi bo‘ladi. Unga ko‘ra, 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb etiladi. Ushbu mablag‘lar minglab sanoat va infratuzilma ob’yektlarini qurishga, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratishga va aholi turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

«Yangi O‘zbekiston» massivlari va mamlakatning boshqa viloyatlarida 800 mingdan ortiq energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar kuriladi. Bu esa qulay yashash uchun shart-sharoitlarni sezilarli ravishda yaxshilaydi va shahar muhitining sifati oshadi.

Shu bilan bir vaqtda mamlakatda texnologik sektorning tezkor o‘sishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ay-Ti, sun’iy intellekt va “buyumlar interneti” kabi yangi yo‘nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy super-kompyuter klasteri va data-markazlar soni ko‘paytiriladi.

Jumladan, Saudiya Arabistonining «Data-volt» kompaniyasi tomonidan 3 milliard dollarlik investitsiya asosida quvvati 500 megavatt bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng yirik data-markazlardan biri barpo etilmoqda. O‘xshash loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni kamida bir yarim baravarga oshiradi. Shu tufayli energetika bazasini o‘z vaqtida kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan yaqin yillarga mo‘ljallangan ustuvor maqsadlar belgilandi.

Birinchi navbatda, 2030 yilgacha oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanadigan energiya quvvatlari ishga tushiriladi. Bu «yashil» energiya ulushini umumiy generatsiyada 54 foizga yetkazish va mamlakat energetika balansining tuzilmasini sifat jihatdan o‘zgartirish imkonini beradi. Hozirning o‘zida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy qiymati 3,3 milliard dollar va quvvati 3,5 ming megavatt bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu stansiyalarni yagona milliy elektr tarmog‘iga ulash uchun 6 ming kilometr yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari barpo etiladi, shundan 1 ming kilometr kelasi yilning o‘zida foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, qo‘shimcha 6 ming megavatt qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

Bundan tashqari, 2035 yilga borib havoga chiqadigan zararli gahlar emissiyasi 50 foizga kamaytiriladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar