Respublika ishchi guruhi anklav hududlarning muammolarini hal etmoqda

Respublika ishchi guruhi anklav hududlarning muammolarini hal etmoqda

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari mazkur faoliyatga jalb etilgan.

Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanining anklav hududi hisoblangan “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘ldi.

Ushba 2 hududda bugungi kunda 1,2 mingdan ziyod xonadon mavjud bo‘lib, 7 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida olib berilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlar, mahallabay tizimi asosida aholi muammolari bilan ishlash, hududlarda faoliyat olib borayotgan MFY raisi, hokim yordamchisi, mahalla faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlarining faoliyati tahlil qilinib, mutasaddilarga kerakli tavsiyalar va amaliy ko‘maklar berildi.

Xususan, mahallalardagi ishsiz xotin-qizlar, yoshlarga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari, kultivatorlar va boshqa mehnat uskunalart olib berildi.

“Shohimardon” MFY binosida va “Hazrati ali” ziyoratgohida mahallardagi aholi vakillari, yoshi ulug‘ otaxonlar va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda aholining turmush sharoitini yaxshilash, har oilaning daromadini oshishi, yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq rejalar va moliyaviy manbalari belgilab olindi.

Jumladan, yaqin kunlarda aholining extiyojidan kelib chiqqan holda o‘z tadbirkorliklarini boshlash, o‘zini bandligini ta’minlash niyatini bildirga fuqarolarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan subsidiya hamda qator imtiyozli kreditlar ajratiladigan bo‘ldi.

Bundash tashqari, anklav hududlarda faoliyat olib borayotgan beshlikning faoliyatini yanada jadallashtirish, o‘zlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarish, tuman, mahalla miqiyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar