Rossiya Farg‘onadan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Rossiya Farg‘onadan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) keltirilgan quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi aniqlangani tufayli Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.

Zararkunanda lichinka bosqichida 1 kg mahsulotda ikki dona aniqlangan. Bu partiyaning jiddiy zararlanganidan darak beradi”, - deyilgan Rosselxoznadzor xabarida.

Ta’kidlanishicha, kapr qo‘ng‘izining Rossiya hududida tarqalishi o‘simliklar hosiliga, jumladan, don mahsulotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu esa Rossiyaning eksport salohiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, O‘zbekistonning vakolatli idorasi karantin ob’yekti topilgan, mahsulotlar saqlanadigan omborlarni tekshirish protokollarini yuboradi.

Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat ilmiy xodimlari o‘rtasida o‘simlik mahsulotlarida kapr qo‘ng‘izini aniqlash usullarini muhokama qilish va uni aniqlashning eng samarali usullari to‘g‘risida pozitsiyani ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni tashkil etishga kelishib olgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar