Soliq tushumlarining deyarli 30% ga o‘sishi soliq yukining oshganligidan dalolat bermaydi — soliq qo‘mitasi rahbari Sherzod Kudbiyev

Soliq tushumlarining deyarli 30% ga o‘sishi soliq yukining oshganligidan dalolat bermaydi — soliq qo‘mitasi rahbari Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 24 may kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda soliq tushumlarining keskin oshishini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotda qolgan tovar aylanmasini legallashtirish evaziga umumiy tushumni oshgan.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqiroz sharoitida O‘zbekistondagi iqtisodiy ahvolni baholash uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) mutaxassislari viloyat va tuman darajalarida ishbilarmonlik faoliyati holati bo‘yicha oylik monitoringini olib bordi.

Shunday qilib, 2021 yilning 1 yanvaridan 30 aprelgacha bo‘lgan davrda soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,5% ga oshdi.

Uchrashuvda "O‘zbekistonda soliq tushumlari 30 foizga ko‘paydi, YaIM o‘sishi esa 3 foiz. Qator sohalar hali tiklangani yo‘q. Bu holat iqtisodiyotga soliq yukining oshib borayotganidan dalolat emasmi?", deb savol bergan Kun.uz nashri.

«Soliq tushumlari deyarli 30 foizga nominal qiymatda oshdi, iqtisodiy o‘sish nominalda hisoblanmaydi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblayotganda albatta, inflyasiya darajasi hisobga olinadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri baholash noto‘g‘ri. Lekin soliq tushumlarining o‘sishi iqtisodiy o‘sish suratlariga qaraganda yuqoriroq bo‘lyapti, biz bundan faxrlanamiz, ya’ni biz soliq ma’murchiligini yaxshi amalga oshiryapmiz», — dedi Sherzod Kudbiyev.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS tushumi oshganini qayd etdi.

«Nafaqat 30 foiz, men boshqa narsani aytaman, qo‘shimcha qiymat solig‘i tushumlari o‘tgan yilgi birinchi chorak bilan bu yilgi birinchi chorakni taqqoslasangiz, 40 foizga oshdi. Demak, biz QQS ma’murchiligini yaxshi qilyapmiz.», — ta’kidladi qo‘mita raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soliq tushumlarining hajmi soliq yukining oshishi hisobiga emas, balki YaIMning qariyb 50 foizini tashkil etadigan "yashirin iqtisodiyoti" dan tovar aylanmasining legallashtirilishi tufayli oshgan.

Shu bilan birga, DSQ raisi bir yil ichida soliq tushumlari oshganini qo‘shimcha qildi, bu raqamlar hech qayerda keltirilmaganiga urg‘u berdi.

«Yana bir yangi raqam, bu hech qayerda chiqmagan hali. O‘tgan yil may oyida 7,2 trillion so‘m mablag‘ tushirardik. Kurs bo‘yicha 720 million dollar. Oxirgi oyda 10 trilliondan ortiq mablag‘ tushiryapmiz, demak, har oyda O‘zbekiston soliq organlari davlat byudjetiga 1 milliard dollar pul tushiradi. Yangi Soliq kodeksi qabul qilinib, soliq islohotlari yangi bosqichga chiqqani mevasini beryapti», — dedi u.

Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘z tahlillarida, iqtisodiy faoliyatning ortishi tufayli soliq tushumlari ko‘payganligini ko‘rsatdi, bu esa biznesning istiqbolini ko‘rsatadi.

«Tahlil qilinayotgan davr uchun soliq tushumlari yangi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning huquqiy aylanmaga jalb etilishi tufayli ham ortib boradi. Soliq tushumlarini yig‘ilishining ko‘payishi ham bilvosita ma’muriyatning yaxshilanishini ko‘rsatishi mumkin», — deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar