Samarqandda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti bajarildi

Samarqandda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti bajarildi

1965 yilda tug‘ilgan bemor Saodat Lapasova jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqichi bilan kasallangan bo‘lib, unga 1987 yilda tug‘ilgan qizi Nafisa Kurbonova donorlik qilgan.

9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan operatsiya 13 soat 20 daqiqa davom etgan. Operatsiyada 25 nafar yaqin tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Xususan, 8 nafar vrach transplantolog, 5 nafar vrach anesteziolog, 2 nafar transfuziolog, 5 nafar operatsion hamshira, 5 nafar anestezistka hamshira ishtirok etdi.
– Biz murakkab amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladik. Bu Samarqand tibbiyotida yana bir yangilik bo‘ldi, deydi Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kaqedra mudiri Lutfullo Maxmonov. – Jigar transplantatsiyasi amaliyotini bajarishga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Buning uchun xodimlarimiz Moskva, Qozon, Kiyev, Istambul, Anqara shaharlarida malaka oshirib keldi.

Qolaversa, Akademik Vohidov nomidagi Respublika xirurgiya ilmiy amaliy markazining professor xodimlari bizni qo‘llab quvvatladi.

Alohida ta’kidlash joizki, markazlashgan holda va viloyat hokimligining erkin qoldiq mablag‘lari xisobidan inson organlarini ko‘chirib o‘tish amaliyotlari uchun markazimizga 10 mlrd. so‘mlik tibbiy asbob uskunalar olib kelib o‘rnatildi.

Bemor S.Lapasovada jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqichi edi. Shukurki, mazkur amaliyot muvofaqqiyatli o‘tdi. Hozirgacha bo‘lgan tekshiruv natijalarning barchasi ijobiy.

Eng muhimi, endi markaz mutaxassislari bu kabi operatsiyalarni bemalol bajara olishiga amin bo‘ldik.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu soha rivojiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelayotganligi bu kabi murakkab amaliyotlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar