Samarqandda xorijiy investor tomonidan quyosh elektr stansiyasi quriladi

Samarqandda xorijiy investor tomonidan quyosh elektr stansiyasi quriladi

Fransiya korxonasi Samarqandda quyosh elektr stansiyasi quradi. Bu haqida Prezident qarori imzolandi.

Umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrstansiya Fransiyaning TOTAL Eren SA kompaniyasi tomonidan loyihalashtiriladi, quriladi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilinadi. O‘zbekiston Hukumati nomidan ushbu loyihada Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ishtirok etadi.

Xorijiy investor tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda Tutly Solar MChJ tashkil qilingan. Ushbu korxona dastlabki bosqichda quyosh elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqadi.

Prezident qarorida quyosh elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan energiya to‘liq hajmda O‘zbekiston “Milliy elektr tarmoqlari“ tomonidan xarid qilinishi belgilab qo‘yilgan.



Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar