Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga davlat tilida nom berish xizmati ko‘rsatiladi

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga davlat tilida nom berish xizmati ko‘rsatiladi

“Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (144-son, 16.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga davlat tilida nom berish (neyming) xizmati ko‘rsatiladi.

Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga bu bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

- davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda ob’yektlarga qo‘yish tavsiya etiladigan nomlar zaxirasini onlayn rejimida shakllantirish hamda uni doimiy yangilab borish;
- tashqi yozuv, peshlavha, reklama va e’lonlar matnini tayyorlash, shuningdek, ularning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqligi, nomlarning bir xil yoki o‘xshashlik darajasi yuzasidan lingvistik ekspertiza o‘tkazish;
- ob’yektlar uchun davlat tilida nomlar yaratish va tanlash bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.

Ob’yektlarga nom berish “Davlat tili haqida”, “Firma nomlari to‘g‘risida” va “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar