Saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi

Saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi

“Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-670, 08.02.2021 y.) qabul qilindi.

O‘zgartirishga ko‘ra, Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi).

Shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).

Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi deputatlari Prezident saylovlar sanasini o‘zgartirish va boshqa qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qilishgani haqida xabar qilgan edik. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davrida Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar uchun G‘aznachilikda hisobvaroq ochilmaydigan bo‘ldi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar