Sayyor qabullar natijasida 50 ziyod mahkum ozod qilindi

Sayyor qabullar natijasida 50 ziyod mahkum ozod qilindi

Tadbirda viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari aholi murojjatini tinglab, mas’ullar tomonidan ularga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Misol uchun, viloyat sud vakillari tashkil etgan sayyor sud majlislarida 51 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 18 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi, 4 nafar fuqaroni o‘ziga oid jinoyat ishi bo‘yicha taraf bilan yarashib olganligi sababli ish yuritishdan tugatishni so‘rash bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi.

Viloyat prokuraturasi vakillariga qabullar jarayonida jami 110 nafar fuqarolar turli mazmunda murojaat etib, ko‘tarilgan masalalarning 56 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 53 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun nazoratga olindi.

Misol uchun, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro N.Sattarovaning aliment pullarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati natijasida mas’ullar aralashuvi bilan 4, 8 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi. Yoki qo‘rg‘ontepalik D.Abduraxmonovaning o‘xshash masalada qilgan murojaati natijasida 30 mln so‘m qarzdorlik undiridi.

Ichki ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan qabul jarayonida 117 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Jumladan, 26 ta surishtiruv va tergov masalalarida, 36 ta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasporti va xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, 5 ta mol-mulk, 34 ta jazoni ijro etish bilan bog‘liq murojaatlardir. Ularning 88 tasi joyida joyida ijobiy hal etildi, 29 tasi ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Anijon viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan jami 43 ta fuqaro qabul qilindi. Shundan, 33 tasi joyida qanoatlantirildi. Misol uchun, fukaro S.Mamirjonova onasidan qolgan merosni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, G.Axrolova ancha yildan buyon 2016 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan qiz farzandiga tug‘ilganlik guvoxnomasi ololmayotganligi bo‘yicha murojaat qildi. Ularning masalasi o‘sha yerning o‘zida hal etib berildi.

Viloyat Soliq boshqarmasi vakillari jami 81 nafar fuqarolarning murojaatini qabul qilgan bo‘lib, ularning 59 tasi joyida hal qilindi. Qabulda fuqarolar soliq sohasidagi maslahat olish, imtiyozlaridan foydalanish, mol-mulk va yer soliqlari ko‘p hisoblanganligi, ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarib berish, soliq xisobotlarini qabul qilish kabi masalalarda murojaat qildi.

Natijada, sayyor qabullar davomida jami 464 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 60% joyida ijobiy hal etildi, 25% esa muddat talab qilgani sababli ijro uchun nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi qabullari davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar