Carrefour supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

Carrefour supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

O‘zbekiston bozorida birinchi xalqaro brend – Carrefour supermarketi 24 dekabr kuni ochildi. EastFruit tahlilchilarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi supermarketlarning bozor kuchini oshirish yetkazib beruvchilarga narxlar va shartlarni belgilab beradigan yirik va nufuzli xaridorlar sinfini yaratadi.

“Carrefour chakana savdoda O‘zbekiston bozoriga chiqqan birinchi xalqaro brenddir. Uning O‘zbekistondagi muvaffaqiyati yoki omadsizlikka uchrashi boshqa investorlar uchun, ayniqsa, xalqaro riteylerlar uchun muhim chaqiriq bo‘ladi” deydi Andrey Yarmak, BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining investitsiyalar departamenti iqtisodchisi.

Carrefour dunyoda riteylerlik biznesi bilan shug‘ullanuvchi kuchli o‘nlik qatoriga kiradi va asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi.

Andrey Yarmak bu borada O‘zbekiston mutlaqo mos keladi deb hisoblaydi, chunki so‘nggi paytlarda bu yerda zamonaviy savdo formatlari juda faol ochilmoqda, deya fikriga izoh berib ketadi.

“Supermarketlar tarmog‘iga qaysi yetkazib beruvchi qiziqroq? Bu birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini maksimal darajada va ayniqsa, yil davomida yetkazib bera oladigan ta’minotchidir. Ammo O‘zbekistondagi aksariyat fermerlar faqatgina bir yoki bir nechta mahsulot turini yetishtirish bilan cheklanib qolishadi.Buning ustiga barchada ham mahsulot saqlovchi omborlar va zamonaviy qayta ishlash texnologiyalari mavjud emas. Shuning uchun, hozirgi vaqtda o‘zbek fermerlari o‘z mahsulotlarining bozor qiymatini saqlab qolish maqsadida kooperatsiyalarga birlashishlari va qayta ishlab chiqish, mahsulotni sifatli saqlashning yangi metodlari borasida kelishuvga erishishlari lozim” deydi Andrey Yarmak.

EastFruit ta’kidlashicha, Carrefour 2020 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda uchta supermarketni ochishni rejalashtirgan edi, ammo epidemiologik holat sababli rejalarda o‘zgarishlar ro‘y bergan.

Mahalliy chakana savdo tarmoqlarining faol ochilishi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining korzinka.uz bilan tuzgan yirik shartnomasini va yangi kelganlarni xususan, Green Apple tarmog‘ining qo‘llab-quvvatlanilayotganini hisobga olgan holsa, mutaxassislar Carrefour o‘z rejalarini amalga oshirishda shoshilishi kerak deya ta’kidlashmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar