Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi.
U bugungi kunga kelib, ta’lim krediti 22−28 foiz stavkada 3 yilga berilayotganini qayd etgan.
«Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap. Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi», — dedi u.
Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinishi aytildi.
«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Izoh qoldirish