Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2023 yil 1 oktyabr holatiga, 909,7 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 13,1 ming kishiga yoki 1,5%ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 392 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 43,1%), qishloq aholisi soni 517,7 ming kishi (56,9%)ni tashkil etdi.
Viloyat hududlari kesimida, eng ko‘p aholi soni Boyovut tumanida 138,2 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 15,2%ni) va Sirdaryo tumanida 136,5 ming kishini (15%), aksincha eng kam aholi soni Shirin shahrida 19,5 ming kishini (2,1%) va Yangiyer shahrida 47,6 ming kishi (5,2%)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan nikohlar soni 4,7 mingni tashkil etib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 7 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan 0,8 promillega kamaygan. Ajrimlar soni 1,2 mingni tashkil etib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,8 promilleni tashkil etgan hamda o‘tgan yilga nisbatan 0,2 promillega kamaygan.
Eng ko‘p ajrimlar Guliston shahrida 245 ta va Boyovut tumanida 177 ta, aksincha eng kam ajrimlar Shirin shahrida 40 ta va Sardoba tumanida 69 tani tashkil etdi.
Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 17,5 ming bola, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Boyovut tumanida 2 744 (jami tug‘ilishdagi ulushi 15,7%) va Sirdaryo tumanida 2 510 (14,3%), aksincha eng kam tug‘ilishlar Shirin shahrida 253 (1,4%) va Yangiyer shahrida 899 (5,1%)ni tashkil etdi.
Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish