Sirdaryo viloyati hokimining aholiga murojaatining lingvistik tahlili

Sirdaryo viloyati hokimining aholiga murojaatining lingvistik tahlili

2021 yil 20 dekabrda Sirdaryo viloyat Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Sirdaryo aholisiga murojaat qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax viloyat filiali tomonidan Sirdaryo viloyat hokimining sirdaryoliklarga murojaatining lingvistik kontent-tahlili o‘tkazildi. Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib viloyatda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni ko‘rishimiz mumkin.

Viloyat hokimi o‘z nutqida jami 3472 ta so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “Yangi” so‘zini - 20 marta, “Loyiha” so‘zini – 15 marta, “Ijtimoiy”, “So‘z”, “Ta’lim” so‘zlarini – 14 marta, “Davlat” so‘zini 13 marta, “mahsulot”, “Ob’yekt” va “Reja” so‘zlarini 10 martadan qo‘llagan. Bundan tashqari, “Investitsiya”, “Ekin”, “Qurilish”, “Aholi”, “Guliston”, “Xizmat”, “Qishloq”, “Ayollar”, “Oila”, “Yoshlar” so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.

Murojaatda asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar va “Obod qishloq” dasturining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.

Jumladan, 2021 yil davomida viloyatda bandlikni ta’minlash dasturlari va boshqa tadbirlar asosida 35 542 nafar aholi bandligi ta’minlangan. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida qiymati 4,7 trln.so‘mlik 939 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 13 minga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobarga oshgan. Yil davomida 217 mln.dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritildi.

Viloyatda jami 235,6 mln.dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln. so‘mga, eksport miqdori esa 57 mln. dollarga ortishiga erishildi.

Yil yakuni bilan viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 trln. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 16,8 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 105 foizga oshadi.

Joriy yilda ijtimoiy dasturlar doirasida 13 210 ta fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 360,1 mlrd.so‘m tijorat banklarining imtiyozli kreditlari ajratildi.

Shundan, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturiga asosan tijorat banklari tomonidan 13 ming nafar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga 351 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Joriy yilda viloyatda 72,5 ming gektar paxta, 85 ming gektar boshoqli don, qariyb 2 ming gektar bog‘ va uzumzorlar, 16,5 ming gektar sholi, 14,6 ming gektar ozuqa ekinlari va 41,8 ming gektar boshqa ekinlar ekildi.

Viloyatda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yo‘nalishida jami 60 ta loyiha faoliyat boshladi. Buning natijasida qariyb 2 731 bosh qoramol, 165 ming bosh parranda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 350 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 22 ta mahallalarda jami 85 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarini ta’mirlash, qurilish ishlari amalga oshirildi. 41 ta ijtimoiy soha ob’yektlari ta’mirlandi. 139 km ichimlik suvi tarmog‘i, 14 dona suv olish quduqlari, 15 dona suv inshootlari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi. 19,4 km gaz quvurlari joriy ta’mirlandi va 103 ta gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftishdan o‘tkazildi. 316 km masofadagi elektr tarmoqlari yangilandi, 94 dona transformatorlar rekonstruksiya qilindi.

Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida 22 ta og‘ir mahallalar va ulardagi 18 mingdan ortiq xonadonlarda yashovchi 95 ming nafar aholining turmush darajasi yaxshilandi.

Bugungi kunda “Temir daftar”ga kiritilgan 1,5 ming nafar mehnatga layoqatli aholining 1,4 ming nafari (94,8%) bandligi ta’minlandi. 19 ming 353 nafar (93,6 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 381 nafarining bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan 2 985 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 2,7 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

2021 yilda 12 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Respublikada birinchi marta Sirdaryo viloyatida Guliston tibbiyot klasteri tashkil etilmoqda.

279 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi. Natijada bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 70 foizdan 80 foizga oshirildi.

2021 yilda viloyatdagi umumiy o‘rta maktablarning 10 foizi ta’mirdan chiqarildi.

Viloyatga 42 ming mahalliy, 9 ming xorijiy, sayohatchilar tashrif buyurdi. 2021 yilda 2 ta yangi mehmonxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 4 ta xostel tashkil etildi.

2022 yildagi asosiy vazifalar O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 6 noyabrdagi lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nutqida belgilangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”nining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarini kelib chiqib belgilandi.

Xususan, 2022 yilda viloyatda :

- yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘sish sur’atini 108,4 foizga yetkazish, xizmat ko‘rsatish hajmini 1,5 barobarga oshirish hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 108,2 foiz bo‘lishini ta’minlash;

- viloyat byudjetiga belgilangan 1,2 trln. so‘m tushumlar tushishini ta’minlash;

- bandlik dasturi doirasida viloyat bo‘yicha jami 52,6 ming nafar aholi bandligini ta’minlanash;

- 283 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish;

- Eksport hajmini 295 mln. dollarga yetkazish;

- investitsiya dasturiga muvofiq 66 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, 4 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosida, 106 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi natijada maktabgacha ta’limga qamrov 85 foizga yetadi;

- Jahon bankining Halqaro taraqqiyot va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga 8 ta umumta’lim maktabi, 10 ta ta’lim, 1 ta tibbiy muassasa, 16 km toza ichimlik suvi tarmog‘i hamda 9 kmga yaqin ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish 1 ta drenaj tizimini rekonstruksiya qilish;

- Byudjetdan ajratiladigan 41 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga 10 dona yangi suv inshootini qurish, 14 donasini rekonstruksiya qilish hamda 171 km suv quvurlari tortiladi;

- viloyatda 26 ming gektar, yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p ekin maydonlarda suv tejamkor texnologiyalari hamda 19,5 ming gektar yer maydonlarini lazerli tekislash joriy etiladi;

- chorva va parrandalar sonini, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, nasldor chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, naslchilik ishini takomillashtirish hamda intensiv usullarda baliq yetishtirishni ko‘paytirish;

- kelgusi yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 6 ming 663 gektar maydonlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi.

- Kelgusi yilda Guliston shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning aralash jang san’atlari turi bo‘yicha “Sirdaryo open” xalqaro turniri hamda bel olish va belbog‘li kurash, shuningdek, baxodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatlari kabi yirik sport tadbirlarni o‘tkaziladi.

Bundan tashqari Yangiyer shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilishi doirasida, 2022 yilda 20 ta 5 qavatli turar joy binosi, mehmonxona, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari, mahalla markazi, ekobozor, kovorking markazlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda yangi tashkil etilgan 236 ta mahallada “hokim yordamchilari”ning yordami bilan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etadi.

2022 yilda 21 mahallalar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, undagi 13 800 ta xonadonda yashovchi 77 mingdan ortiq aholining yashash sharoiti yaxshilanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar