2022 yil 1 oktyabr holatiga Sirdaryo viloyatidagi mehnat resurslari soni 486 500 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 375 900 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 110 600 kishini tashkil etdi. Iqtisodiy faol aholining 90,9%, ya’ni 341 800 kishi ish bilan band bo‘lgan.
Iqtisodiy faol aholining 9,1%, ya’ni 34 100 kishi ishsiz bo‘lgan.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shahar va tumanlar bo‘yicha yuqori miqdori Shirin shahrida 7 278,4 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 234,7%), Yangiyer shahrida 5 320,3 ming so‘mni (171,6%), Sayxunobod tumanida 3 481,5 ming so‘mni (112,3%) hamda Xovos tumanida 3 381,1 ming so‘mni (109,1%) tashkil etib, viloyatdagi sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan ko‘proq miqdorni tashkil etmoqda.
Boshqa hududlarga nisbatan Guliston shahrida 2 612,8 ming so‘mni (84,3%), Oqoltin tumanida 2 174,1 ming so‘mni (70,1%), Sirdaryo tumanida 2 118,5 ming so‘mni (68,3%), Boyovut tumanida 1 884,8 ming so‘mni (60,8%), Mirzaobod tumanida 1 472,9 ming so‘mni (47,5%), Guliston tumanida 959,7 ming so‘mni (31%) tashkil etib, viloyatdagi sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kam miqdorni ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish