Sirdaryo viloyati o‘rtacha oylik ish haqi 2023 yil yanvar-sentyabr holati

Sirdaryo viloyati o‘rtacha oylik ish haqi  2023 yil yanvar-sentyabr holati

2023 yil 1 oktyabr holatiga Sirdaryo viloyati tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 8 391 ming so‘m, Axborot va aloqa 7 415 ming so‘m, Tashish va saqlash 4 403 ming so‘m va Sanoat 3 526 ming so‘mni tashkil etib, nisbatan past ko‘rsatkichlar Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 2 848 ming so‘m, Ta’lim 2 979 ming so‘m, Qurilish 3 224 ming so‘m, Savdo 3 494 ming so‘mni tashkil etdi.

Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7 474 ming so‘m), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati (2 134), ishlab chiqarish sanoati (2 036)da kuzatildi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Shirin shahri (8 470 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Guliston tumanida (1 194) kuzatildi.

Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Xovos (5 331 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Shirin shahri (1 194)da qayd etildi.

Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Sayxunobod (4 735 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Boyovut (700) qayd etildi.

Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (7 469 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Xovos (1200).

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Shirin shahri (11 235), Sardoba (8 953) hamda Guliston shahrida (8 768), eng past ko‘rsatkichi Boyovut (7 721), Oqoltin (6 993), Yangiyer shahri (6 049).

Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (3 995 ming so‘m), Yangiyer shahri (3 181) hamda Sayxunobod (3 008)da kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo (3 560 ming so‘m)da kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tuman va shaharlarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi past bo‘ldi. Sardoba (2 472 ming so‘m), Shirin shahri (2322,5) hamda Oqoltin (2 290)da qayd etildi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar