Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 216,2 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3 933,9 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 230,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 51,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 103,4%ni (5-o‘rin), respublikadagi ulushi 3,2%ni (12-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Sardoba (105,8%), Guliston (105,3%) va Boyovut (104,7%) tumanlarida qayd etildi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 54,8 foizi Boyovut (18,4%), Sayxunobod (13,4%), Guliston (11,7%) va Sirdaryo (11,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 32,5%ni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan 0.2 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 775,7 ming so‘mni (4-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Oqoltin (8 612,5 ming so‘m), Sayxunobod (7 033,5 ming so‘m) va Sardoba (6 825,8 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 54% chorvachilik, 46% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida qiymati 2 289 mlrd.so‘mlik 33,9 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 1 016 mlrd.so‘mlik 313,5 ming tonna don mahsulotlari, 619 mlr.so‘mlik 173 ming tonna sut, 327 mlrd.so‘mlik 77 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.

O‘simlikchilik mahsulotlarining 27,2%, chorvachilik mahsulotlarining 92,5% dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi.

Jami qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 329 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 45,2%ni tashkil etdi.

Ulug‘bek Xujaqulov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar