Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-yarim yillik uchun asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar ko‘rsatkichi

Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-yarim yillik uchun asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar ko‘rsatkichi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5039,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,1%ni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi jalb etilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keldi.

Viloyatda 4338,8 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 86,1%ni, korxonalar va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan esa 700,7 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 13,9%ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmi bo‘yicha tumanlar kesimida Boyovut (1 501,1 mlrd.so‘m), Xovos (1 212,6 mlrd.so‘m) tumanlari va Guliston shahrida (782,6 mlrd.so‘m) yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilib, mos ravishda ularning viloyatdagi ulushi oshib bormoqda.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmi bo‘yicha tumanlar kesimidagi holat ham asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmiga mos ravishda Xovos (12 211,7 ming so‘m), Boyovut (11 168,7 ming so‘m) tumanlari va Guliston shahrida (8 237,7 ming so‘m) yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Farrux Saibov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar