Infografika: Sirdaryo viloyatining 2022 yilda qurilish sohasi ko‘rsatkichi

Infografika: Sirdaryo viloyatining 2022 yilda qurilish sohasi ko‘rsatkichi

2022 yil davomida Sirdaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 3287,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 100,5% ga oshdi. Qurilish ishlari yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 18%ni tashkil etdi. Qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2022 yilgi o‘rtacha oylik ish haqi 1,930 mln.so‘mni tashkil etdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 69% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 21% - yirik korxonalar va 10% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.

Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 26% qismi Guliston shahrida, 24% - Mirzaobod tumanida, 16% - Sirdaryo tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Oqoltin, Sardoba va Sayxunobod tumanlarida amalga oshirilgan.

Sirdaryo viloyatida jami 1655 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 6%ga o‘sgan. Qurilish firmalarining aksariyati Guliston shahri (37%), Sirdaryo (10%) va Mirzaobod (10%) tumanlarida joylashgan. Sardoba tumani (2%) va Shirin shahri (3%) qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar