Qabul qilingan dasturga muvoffiq Sirdaryo viloyatda ham 4 ta mahalla qamrab olingan bo‘lib, ular Xovos tumanidagi "Oqchangal", Sayxunobod tumanidagi "Yangi hayot", Oqoltin tumanidagi "Mustaqillik" va Guliston tumanidagi "Inoqlik" mahallalaridir.
Hozirda ushbu MFYlarda jami 13 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ularning barchasida “xonadonbay” o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir mahalla kesimida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va tegishli ishlar boshlab yuborildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 47 ta ko‘cha obodonlashtirilmoqda.
Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 297 dona eski simyog‘ochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 8 ta TP punktlari kapital tamirlandi, 9 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.
Mahalla ichki yo‘llarining jami 3 km uzunlikdagi qismi shag‘allashtirildi.
Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 2 ta GTP kapital ta’mirlandi va 9 km gaz quvurlari joriy ta’mirlandi. Shuningdek, 6 ta isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.
Hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlariga jami 184 tonna va aholi xonadonlariga 28 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 4 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan, 2 dona yangi suv inshooti o‘rnatildi.
Mahallalardagi mavjud 3 ta qabriston to‘liq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Joylarda mahalla binosi va ijtimoiy ob’yektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘nalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosi qurish ishlari boshlandi, 1 ta mahalla binosi kapital ta’mirlandi.
Aholi sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida 6 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningek, 129 nafar fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, aholi bandligi ta’minlash maqsadida jami 306 fuqaro ishga joylashtirildi. Shundan doimiy ishga joylashtirilgan aholi soni 44 nafar, jamoatchilik asosida ishga joylashtirilgan 181 nafar, o‘zini-o‘zi band qilganlar 52 nafar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan jismony shaxslar 29 nafarni tashkil etdi.
Ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish