Yanvar-fevral oylarida respublikamizga qancha pul o‘tkazmalari kelib tushdi
O‘zbekiston Markaziy banki respublikaga 2021 yil fevral oyida yuborilgan transchegaraviy o‘tkazmalar miqdorini e’lon qildi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 892 mln. dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 107 mln. dollarga yoki 14 foizga oshdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Markaziy bank matbuot xizmati.
Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 215 mln. dollarga yetdi.
Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 677 mln. dollarga yetdi.
Izoh qoldirish