O‘zbekistonda qancha xotin-qizlar ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi

O‘zbekistonda qancha xotin-qizlar ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi

O‘zbekistonda 2 456 nafar xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda mamlakatimizda Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni 271, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ayollar soni 1 411 nafarni tashkil etadi.

2020-2021 yillarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tgan, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jami xotin-qizlar soni 2456, tayanch doktoranturada 1185, doktoranturada 80, PhD mustaqil izlanuvchilikda 964 nafardan iborat.

Qolaversa, 110 nafar ayol DSc mustaqil izlanuvchi sifatida qayd etilgan bo‘lsa, 117 nafar xotin-qizlar stajyor-tadqiqotchilikka jalb qilingan.

2019-2021 yillar mobaynida vazirlikka xotin-qizlarning innovatsion ishlanmalari va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning 13 tasini moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan 12 mlrd 141 mln 786 so‘m ajratilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020 yilda e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga xotin-qizlar tomonidan umumiy qiymati 1,7 trln so‘m bo‘lgan jami 111 ta ilmiy loyiha taqdim etilgan. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra, 40 ta loyihaga ijobiy xulosa berilgan hamda umumiy hajmi 10 mlrd 450 mln so‘mlik 9 ta loyiha moliyalashtirilgan.

“STEAM” fanlari (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san’at, Mathematics - matematika) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning magistrlik, doktorlik ishlarini davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalarda aprobatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish yaxshi samara beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar