Sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi qabullar Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi

Sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi qabullar Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi

Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari hamda Guliston va Yangiyer shaharlarida tashkil etilgan qabullar viloyatning barcha hudud aholisini qamrab oldi. Ochiq muloqotlar davomida aholi sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq va bojxona sohalarida murojaat qilib, mutasaddilar tomonidan ularning muammolariga yechim izlandi.

Xususan, ommaviy qabulga kelgan sayxunobodlik Surayyo Qo‘shnazarova doimiy ish joyidan sababsiz bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib sudga murojaati qildi. Qabul davomida uning ishi barcha tomonlarni jalb qilgan holda ko‘rib chiqilib, fuqaro da’vosi uning foydasiga qanoatlantirildi.

Xayitqul Ismoilov 1982 yildan 2007 yilga qadar Sirdaryo viloyati “Agrokimyo” korxonasida mehnat qilgan. 2021 yilga qadar uning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar tufayli tashkilot tomonidan tovon pullari to‘lab kelingan. 2021 yili ushbu tashkilot faolyati tugatilganligi sababli tovon pullari ohirigacha to‘lanmay qolgan. Fuqaro yetkazilgan zararni undirib berishni so‘rab sudga murojaat qildi. Uning murojaati ijobiy hal etilib, fuqaro foydasiga 39 million so‘mdan ziyod tovon puli undiriladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, joylarda tashkil etilgan sayyor sudlar natijasida 11 nafar probatsiya ro‘yxatida turuvchi shaxslarni tayinlangan jazodan shartli ravishda ozod etish masalalari bo‘yicha ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Tadbirkor Boburxon Xudoyorov Yangiyer shahrida xizmat ko‘rsatish amaliyoti bilan shug‘ullanadi. Tadbirkor ko‘rsatgan xizmati uchun 11 mln qarzdorlikni undira olmayotganligi bo‘yicha murojaat qildi. Qarzdorlikni undirish yuzasidan kiritgan da’vosi prokutura tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 18 nafar fuqaroning masalasi joyida ijobiy hal etildi. Misol uchun mirzaobodlik Habiba Qo‘chqorova 1995 yilda qo‘shni Qirg‘izistondan ko‘chib kelgan, u O‘zbekiston fuqaroligini olish bo‘yicha murojaat qildi. Uning masalasi bo‘yicha ham rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborildi. Otaxon Vositov 2016 yil Tojikiston Respublikasidan ko‘chib kelgan. Qabullar davomida unga doimiy yashash uchun guvoxnoma taqdim etildi.

Mirzabood tumanida yashovchi Donoxon Mamajonovaning Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i qabulida bo‘lib, o‘ziga tegishli mol-mulk solig‘ini qayta hisoblashni so‘radi. Bu murojaat xam atroflicha o‘rganilib, fuqaro foydasiga qanoatlantirildi.

Sirdaryo tumani “Baxmal” mahallasida yashovchi Abdurazzoq Burliyevning kadastr hujjatini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘iga qilgan murojaati ham ijobiy yechim topdi.

Shuningdek, ommaviy qabullar davomida axoliga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Sirdaryo viloyatida davom etgan sud-huquq masalalariga oid ommaviy qabullarda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 358 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 141 ta murojaat joyida o‘z ijobiy yechimimni topgan bo‘lsa, qolgani o‘rganish uchun muddat talab etganligi sababli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar