Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etadi

Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar davom etadi

Hurmatli hamyurtlar!

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot o‘tkazishadi. Ikkinchi davrada guruhlar avval qabul o‘tkazmagan viloyatga borishadi va bu bilan guruhlar tomonidan har bir viloyat fuqarolari qamrab olinadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Bu safargi manzillar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Xorazm viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilning 19-21 may kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar