«Sardoba» suv omboridagi ofat bo‘yicha 17 kishiga sud hukmi o‘qildi

«Sardoba» suv omboridagi ofat bo‘yicha 17 kishiga sud hukmi o‘qildi

2021 yil 10 may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida “Sardoba” suv omboridagi ofat bo‘yicha 17 kishiga sud hukmi o‘qildi:

“O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M. Xolmatovga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“UzGIP” MChJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan S. Rudnevga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

“Sirdaryo suv qurilish invest” DUK rahbari lavozimida ishlagan S. Abdunazarovga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

“TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “To‘palang Sherobod” ShK) UK rahbari lavozimida ishlagan B. Asadovga o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

“TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “To‘palang Sherobod” ShK) UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan L. Tojiddinovga o‘tash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

“TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK direktori lavozimida ishlagan K. Ro‘ziyevga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 97 540 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

Va boshqalarga nisbatan ham Jinoyat kodeksiga muvofiq tegishli jazolar tayinlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar