Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar Samarqand va Toshkent viloyatlarida davom ettiriladi

Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar Samarqand va Toshkent viloyatlarida davom ettiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot o‘tkazishadi. Ikkinchi davrada guruhlar avval qabul o‘tkazmagan viloyatga borishadi va bu bilan guruhlar tomonidan har bir viloyat fuqarolari qamrab olinadi.

Bu safargi manzillar – Samarqand va Toshkent viloyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Samarqand viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi esa Toshkent viloyatida joriy yilning 16-18 iyun kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadvallar orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar