2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.
Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, unda:
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra:
- Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi:
▪️ 2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta;
▪️ 2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2 400 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
- Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi:
▪️ 2023 yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bo‘lgan 4 ta;
▪️ 2024 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan 5 ta;
▪️ 2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab jami quvvati 1 800 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.
▪️ 2030 yilga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi.
Izoh qoldirish